AQShning Filadelfiya shahridagi “Xfinity Mobile” arenasida aralash yakkakurash bo‘yicha UFC 330 turniri bo‘lib o‘tdi. Kechaning asosiy jangida yarim o‘rta vazn toifasidagi chempion, rossiyalik Islom Maxachev irlandiyalik Yan Garri bilan to‘qnash keldi.
Jang chempionlik uchun bo‘lib, barcha 5 raund davom etdi va hakamlarning yakdil qarori bilan Maxachevning g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyalik jangchi uchun bu MMA dagi faoliyatidagi 29-g‘alaba bo‘ldi, uning hisobida bor-yo‘g‘i 1 ta mag‘lubiyat bor.
Avvalroq, Nyu-Yorkdagi UFC 322 turnirida Maxachev avstraliyalik Jek Della Maddalena ustidan g‘alaba qozongandi. Yan Garri uchun esa bu mag‘lubiyat faoliyatidagi 2-bo‘ldi, uning hisobida 17 ta g‘alaba mavjud.
Ushbu g‘alaba tufayli Maxachev UFC dagi g‘alabalar seriyasini 17 ta jangga yetkazdi. Shu tariqa u afsonaviy braziliyalik jangchi Anderson Silvani ortda qoldirib, promoushen tarixidagi mutlaq rekordchiga aylandi.
Source: podrobno.uz