Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xitoyning Evergrande Group asoschisi Xu Jiayin (Hui Ka Yan) umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi va uning barcha shaxsiy mol-mulki musodara qilindi. Bu hukm Shenzhen Xalq sudi tomonidan chiqarilgan bo‘lib, u kompaniya aktivlarini o‘zlashtirish va korporativ poraxo‘rlik kabi ayblovlarda aybdor deb topildi.

Sud, shuningdek, Evergrande Group’ni 8,82 milliard yuan (taxminan 960 million funt sterling yoki 1,31 milliard dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Kompaniyaning ko‘chmas mulk bo‘limi esa 7 milliard yuan jarima to‘lashi kerak. Bu hukm Xitoyning qurilish sektorida katta aks-sado berdi, chunki Evergrande’ning qulashi mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Xu Jiayin qishloqda, buvisi qo‘lida ulg‘aygan, 1996-yilda Evergrande’ni tashkil etib, qisqa vaqt ichida kompaniyani Xitoyning eng yirik qurilish tashkilotiga aylantirdi. Uning agressiv kengayish siyosati katta qarzlar hisobiga moliyalashtirilgan edi. Bir paytlar Xu Osiyoning eng boy odami deb hisoblangan.

2020-yilda Pekin qurilish sektorida qarzni nazorat qilish choralarini joriy etganidan so‘ng, Evergrande katta muammolarga duch keldi. Kompaniya o‘zini ushlab turish uchun ko‘chmas mulklarni katta chegirmalar bilan sotishga majbur bo‘ldi, ammo 2021-yilda butunlay quladi. Sudda kompaniya xaridorlardan millionlab dollar miqdoridagi oldindan to‘lovlarni qurilishga sarflamagani, balki yangi loyihalarga yo‘naltirgani aniqlangan.

2024-yil mart oyida Xu 6,5 million dollar jarimaga tortilgan va Xitoy kapital bozorida umrbod faoliyat yuritish taqiqlangan edi. Evergrande’ning aksiyalari 2025-yil avgust oyida Gonkong fond birjasidan chiqarilgan. Uning qulashi Xitoy qurilish bozoridagi keng tanazzulga sabab bo‘lgan va mamlakat iqtisodiyotiga hali ham og‘ir yuk bo‘lib kelmoqda.

Source: www.bbc.co.uk