Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bir nechta harbiy ob'ektlariga javobiy zarbalar berdi. Bu haqda NBC telekanali AQShning nomi oshkor etilmagan rasmiy vakiliga tayanib xabar berdi.
Javoban, Eron tomoni mintaqadagi amerika ob'ektlariga raketalar otgani ma'lum qilindi.
OAVlar, shuningdek, AQSh harbiy bazasi joylashgan Bahraynda portlashlar haqida xabar berdi. Qatar rasmiylari o‘z hududi ustidan ikki eron raketasini ushlab qolganini e'lon qildi.
Bundan tashqari, Abu-Dabi (BAA)da portlashlar haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Source: kun.uz