Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro OAVlar manbalarga tayanib, AQSh va Isroilning Eron ustidan yangi zarbalar seriyasining nishonlari orasida respublikaning oliy harbiy, siyosiy va diniy rahbariyati vakillari bo‘lishi mumkinligini xabar qildi.

Isroil davlat teleradiokompaniyasi Kan ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat oliy rahbari Oliy Rahbar Oyatulloh Ali Xomeneiy va prezident Mas‘ud Pezeshkiyan nishonlar qatorida bo‘lgan.

Al Jazira telekanali zarbalar poytaxt Tehron markazidagi Pastar ma'muriy kvartaliga tegganini, u yerda prezident saroyi va oliy rahbar qarorgohi joylashganini xabar qildi. AFP agentligi muxbiri hujumlardan so‘ng bu hududda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari va ko‘chalarning yopilganini qayd etdi.

Reuters agentligiga berilgan Eron rahbariyatidagi manba ma'lumotlariga ko‘ra, Xomeneiy poytaxtdan tashqaridagi xavfsiz joyda. Eron manbalari, shuningdek, general Amir Xatomi jabrlanmaganini aytdi.

CNN telekanali Isroil rasmiylariga tayanib, hujumlar nishonlari Bosh shtab boshlig‘i Seyid Abdurrahim Musaviy, Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy va Mudofaa kengashi kotibi Ali Shamxoniy bo‘lishi mumkinligini xabar qildi. Islom inqilobi gvardiyasi korpusi razvedka shtab-kvartirasiga ham zarba berilgani aytilmoqda.

Tehrondan tashqari, Isfahon, Qum, Karaj va Kermonshoh shaharlaridagi ob'ektlarga ham zarbalar berildi. Hujumlar oqibatlari haqida ma'lumot hozircha yo‘q.

AQSh prezidenti Donald Trump operatsiya "radikal diktatura"ga qarshi ekanini ta'kidlab, Eronga yadro quroli olishiga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi. Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu esa AQSh va Isroil harakatlarini "mavjudlik tahdidini bartaraf etish" operatsiyasi deb atadi.

Source: kun.uz