Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Eron Qizil yarim oy jamiyati matbuot kotibi Mujtabo Xolidiyning ma’lum qilishicha, mamlakatga qilingan bugungi hujumlar oqibatida hozirgacha 201 kishi halok bo‘lgan. 747 kishi jarohatlangan, 24 ta provinsiya hujumga uchragan.

Eron Xalq ta’limi vazirligi xabar berishicha, uchta maktab binosiga raketalar tushishi oqibatida qariyb 90 nafar o‘smir halok bo‘lgan.

Isroil Mudofaa armiyasi Eronga berilgan zarbani SAXAL tarixidagi eng yirik havo operatsiyasi deb e’lon qildi. 200 ga yaqin qiruvchi samolyot 500 ga yaqin nishonga zarba bergan.

Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiy tezkor shtabda jangovar harakatlarni boshqarmoqda. Aholiga voqea joylaridan masofa saqlash tavsiya etilmoqda.

Source: www.gazeta.uz