Mashhur hujumchi Krishtianu Ronaldu o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali Portugaliya milliy jamoasidagi kelajagiga oydinlik kiritdi. Uning so'zlariga ko'ra, xalqaro miqyosdagi faoliyatini yakunlash haqidagi mish-mishlarga qaramay, u mamlakat sharafini himoya qilishda davom etishga hamon tayyor.
Futbolchi o'z bayonotida xayrlashuv o'yini masalasiga ham to'xtalib o'tdi. Uning iddao qilishicha, Portugaliya futbol federatsiyasi unga munosib tarzda xayrlashish imkoniyatini taqdim etishga tayyorligini bildirgan, biroq hozircha buning vaqti kelmagani ta'kidlandi.
Shuningdek, Ronaldu terma jamoaga bo'lgan sadoqatini eslab, otasining vafoti haqidagi xabarni olgan paytda ham jamoa yig'inida qolganini esga oldi. U bunday qadamni hech qaysi klub uchun tashlamagan bo'lishini ta'kidlab, jismoniy holati imkon bersa, maydonga qaytishga tayyorligini bildirdi.
Source: kun.uz