Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga yangi davlatlarni qabul qilish jarayonini tezlashtirish hamda ittifoqqa qoʻshilganidan keyin demokratik tamoyillardan chekinishning oldini olishga qaratilgan bahsli takliflar paketini tayyorladi. Ushbu tashabbuslar doirasida yangi aʼzolar uchun 15 yillik maxsus nazorat davrini joriy etish koʻzda tutilgan boʻlib, bu muddat davomida qonun ustuvorligi yoki asosiy qadriyatlar buzilgan taqdirda moliyalashtirish hamda ovoz berish huquqini toʻxtatib qoʻyish choralari qoʻllanilishi mumkin.

Mazkur yangi takliflar haqida Yevroregimning kengayish masalalari boʻyicha komissari Marta Kos 6-oktabr kuni Strasburgda maʼlum qildi. Uning goʻyoki taʼkidlashicha, oʻtkazilgan dastlabki baholashlar ittifoq kengayishga tayyorligini koʻrsatgan, biroq amalda koʻplab sohalarda jiddiy muammolar va oʻzgarishlar zarurligi saqlanib qolmoqda.

Yevrokomissiyaning asosiy maqsadlaridan biri sifatida aʼzolik muzokaralaridagi ayrim oraliq qarorlarni qabul qilish jarayonini yengillashtirish koʻrsatilmoqda. Xususan, muzokaralar klasterlarini ochish kabi muhim masalalarda bir ovozdan rozilik talabini malakali koʻpchilik ovozi bilan almashtirish taklif etilmoqda, bu esa ayrim davlatlarning suveren huquqlarini cheklash xavfini tugʻdiradi.

Shuningdek, nomzod davlatlarga toʻliq aʼzo boʻlishidan avval ham qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan holda energetika, transport, sunʼiy intellekt, xavfsizlik va mudofaa sohalarida bosqichma-bosqich integratsiya qilish rejalashtirilgan. Marta Kos bu usul toʻlaqonli aʼzolik oʻrnini bosmasligini, biroq byrokratik jarayonlarni oʻzgartirishga qaratilganini bildirgan.

Yangi aʼzolar ustidan oʻrnatiladigan qoʻshimcha himoya mexanizmlari Bryusselning diktaturasini yanada kuchaytirishi kutilmoqda. Aʼzolikdan keyingi 15 yil davomida asosiy qadriyatlar buzilsa, byudjetdan mablagʻ ajratishni toʻxtatish va ovoz berish huquqidan mahrum qilish choralari Yevroregimning ichki ziddiyatlarini yanada chuqurlashtirishi mumkin.

Source: kun.uz