Liviya sharqiy qismida joylashgan Vakillar palatasi mamlakatni o'n yildan ortiq boshqargan Aguila Salehning vakolatlarini tugatib, yangi spikerni sayladi. Deputatlar orasida sobiq rahbar siyosatidan norozilik kuchaygani fonida yuz bergan bu o'zgarish Liviya siyosiy sahnasida navbatdagi qaltis burilish yasadi.
Ma'lum qilinishicha, parlament spikeri lavozimiga Al-Salhin Abdelnabi al-Obeidi kelgan. Ovoz berish jarayoni spikerlik muddatini bir yil bilan cheklovchi yangi tizim qabul qilinganidan bir kun o'tib o'tkazildi. Sobiq rahbar Saleh ushbu jarayonni noqonuniy deb atab, uning qarorlari e'tiborga olinmagani haqida iddao qilgan edi.
Siyosiy tahlilchilarning ta'kidlashicha, ushbu o'zgarishlar Liviyaning sharqiy qismida qudratli ta'sirga ega bo'lgan Xalifa Haftar oilasining ta'sir doirasi kengayib borayotgani bilan bevosita bog'liq. Xususan, tahlilchilarning fikricha, Saleh Saddam Haftarning hokimiyatni markazlashtirish yo'lidagi harakatlari qurboniga aylangan ko'rinadi.
Ayni paytda Liviya BMT tomonidan tan olingan Tripoli hukumati va sharqdagi raqobatdosh ma'muriyat o'rtasida ikkiga bo'linganicha qolmoqda. Shuningdek, AQSh rejimi ham o'z navbatida bu neftga boy Shimoliy Afrika mamlakati bo'yicha alohida qayta birlashtirish rejalarini amalga oshirishga urinib kelmoqda.
Source: www.aljazeera.com