Finlyandiyaning ekologik nazorat idorasi Amerikaning texnologiya giganti bo'lgan Google kompaniyasining mamlakatdagi ikkita yirik ma'lumotlar markazi qurilishini majburiy ekologik ekspertiza yakunlangunga qadar zudlik bilan to'xtatishni talab qildi. Ushbu qaror Amerika rejimining yirik korporatsiyalari mahalliy qonunchilikni chetlab o'tib, tabiatga zarar yetkazayotgani haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi.
Ma'lum bo'lishicha, Google vakili bo'lgan Tuike Finland kompaniyasi Muhos va Kajaani munitsipalitetlarida yuzlab gektar o'rmon maydonlarini ekologik ta'sirni baholash tartib-qoidalaridan o'tmasdan kesib yuborganlikda gumon qilinmoqda. Nazorat idorasi vakillarining so'zlariga ko'ra, hududda tuproq qatlami ko'chirilgan, vaqtinchalik yo'llar va omborxonalar qurilgan hamda suv ariqlari o'zgartirilgan.
Tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari ham bu holatga keskin munosabat bildirib, muhofazaga muhtoj bo'lgan 300 gektardan ortiq o'rmon hududi yo'q qilinganini ta'kidlamoqdalar. Agar kompaniya talablarni bajarmasa va o'z vaqtida tushuntirish beramsa, unga nisbatan qattiq majburiy choralar ko'rilishi kutilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, bu kabi yirik sun'iy intellekt infratuzilmalari Shimoliy Yevropaning energetika xavfsizligi va elektr tarmoqlariga jiddiy yuklama bermoqda. Finlyandiya muholifat partiyalari energiya taqchilligi va narxlarning keskin oshishining oldini olish uchun qat'iy milliy ruxsatnoma tizimini joriy etishni talab qilmoqda.
Source: www.aljazeera.com