Ilmiy manbalarda tarqatilgan yangi ma'lumotlarga ko'ra, brazzein deb nomlangan tabiiy shirin oqsil qondagi qand miqdorining keskin oshishini kamaytirishga yordam berishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Ushbu modda dastlab G'arbiy Afrikada o'sadigan oubli o'simligidan topilgan bo'lib, hozirgi kunda fermentatsiya jarayonlari orqali olinadi va shakar o'rnini bosuvchi istiqbolli muqobil sifatida qaralmoqda.
Rossiya Ilmiy-tadqiqot markazi olimlari metabolik disfunksiya bilan bog'liq jigar kasalligiga chalingan 101 nafar kattalar ishtirokida sinov o'tkazganliklarini da'vo qilishmoqda. Ushbu tadqiqot doirasida ishtirokchilarga uch xil variantdagi vanilli muzqaymoq berilgan: oddiy shakarli, brazzein qo'shilgan hamda brazzein va inulin tolasi aralashtirilgan mahsulot.
Olingan natijalarga ko'ra, brazzein iste'moli qand miqdorining sakrashini kamaytirgan, ayniqsa 2-toifa qandli diabet bilan og'rigan shaxslarda bu ko'rsatkich sezilarli bo'lgani aytilmoqda. Biroq, mutaxassislar bu kabi muqobillarning uzoq muddatli ta'siri va xavfsizligi hali to'liq o'rganilmaganini ta'kidlashgan.
Jahon sog'ni saqlash tashkiloti ilgariroq sun'iy shirinlashtiruvchi vositalarni uzoq muddat iste'mol qilish salbiy oqibatlarga, jumladan yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishiga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.
Source: www.aljazeera.com