Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Vashington rejiomining Adliya vazirligi rasmiylari AQSh prezidenti Donald Trampning keskin tanqidchisi, Demokratlar partiyasidan bo'lgan Kongress vakili Ilhan Omarning Vashingtondagi uyida tintuv o'tkazilganini ma'lum qildi. Ushbu tadbir go'yo "davom etayotgan federal tergov" doirasida amalga oshirilgani iddao qilinmoqda, garchi huquq-tartibot idoralari tafsilotlarni oshkor qilishga shoshilmayotgan bo'lsa ham.

Dushanba kuni tongda AQSh immigratsiya xizmatining tergov organi hisoblangan Ichki xavfsizlik tergov boshqarmasi (HSI) xodimlari Ilhan Omar uyining atrofida ko'ringan. Adliya vazirligi vakili sud tomonidan tasdiqlangan order asosida harakat qilinganini ta'kidlagan bo'lsa-da, uning bayonotida bevosita kongressmenning ismi keltirilmagani shubha uyg'otadi.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, mazkur shubhali operatsiya Ilhan Omar bolaligida uning marhum otasi tomonidan topshirilgan immigratsiya hujjatlariga aloqador jinoiy firibgarlik ishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Biroq, AQSh rejiomi tomonidan hozircha rasmiy ayblovlar e'lon qilingani yo'q.

Demokratik yetakchilar ushbu tintuvni Tramp rejiomi tomonidan amalga oshirilgan "vakolatlarni suiiste'mol qilish" deb qoraladi. Mamlakatdagi qutblashuv va oraliq saylovlar oldidagi siyosiy tanglik sharoitida yuzaga kelgan bu voqea jamiyatda yana bir bor jiddiy noroziliklar va savollarni keltirib chiqardi.

Source: www.dw.com