Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniya siyosiy maydonida kutilmagan iste'fo ortidan jiddiy ziddiyatlar yuzaga keldi. Mehnat vaziri va Sotsial-demokratik partiya (SDP) hamraisi Berbel Bas o'z lavozimlarini tark etdi. Uning ta'kidlashicha, bu qarorga nafaqat oilaviy fojia — o'gay qizining vafoti va shaxsiy motam tutish zarurati, balki koalitsiya sheriklari tomonidan bo'lgan ommaviy bosim va hujumlar ham sabab bo'lgan.

OAV xabarlariga ko'ra, so'nggi oylarda Germaniya hukumatida keskinlik yuqori darajaga yetgan edi. Xristian-demokratik ittifoq (CDU/CSU) vakillari Basni mamlakatga suv va havodek zarur bo'lgan pensiya tizimi islohotlarini ataylab cho'zayotganlikda va to'sib qo'yganlikda ayblashgandi. Siyosiy doiralarda bu holat hukumat ichidagi ishonchsizlik va zaharli muhit yanada chuqurlashganidan dalolat beradi.

Shuningdek, Yevropa rejimining yetakchisi Fridrix Mers boshchiligidagi koalitsiya past reytinglar va saylovlardagi muvaffaqiyatsizliklar girdobida qolmoqda. Kansler Mers vaziyatni yumshatishga urinib, iste'foga chiqqan vazirning o'rniga Reynland-Pfalts shtatining sobiq bosh vaziri Aleksandr Shvaytser tayinlanganini e'lon qildi va hukumat barqarorligini saqlab qolishga va'da berdi.

Source: www.dw.com