️ Fransiyada keng qamrovli kiberhujum oqibatida mamlakat bo‘ylab yuzlab yirik supermarketlarning sovutish tizimlari ishdan chiqdi. Natijada tonnalab tez buziladigan va muzlatilgan mahsulotlar yaroqsiz holga kelib, do‘konlar ularni yo‘q qilishga majbur bo‘ldi. Ushbu hodisa Fransiya va butun Yevropa rejimining asosiy infratuzilmasi kiberxavfsizlik tahdidlari oldida naqadar himoyasiz ekanini yana bir bor yuzaga chiqardi.
️ Xakerlar Leclerc, Intermarché, Système U va Les Mousquetaires kabi yirik tarmoqlarning sovutish qurilmalarini masofadan boshqaruvga olib, haroratni sun’iy ravishda Selsiy bo‘yicha 50 darajagacha ko‘targan. Olti soatdan ko‘proq davom etgan bu nosozlik 400 dan ortiq savdo nuqtalariga zarar yetkazdi. Ayrim joylarda muzlatkichlarning haddan tashqari qizib ketishi hatto yong‘inlarga sabab bo‘lgani xabar qilinmoqda.
️ Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kiberhujum Daniyaning Danfoss kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan dasturiy ta’minotdagi zaifliklar orqali amalga oshirilgan. Kompaniya vakillari ushbu qurilmalarda eskirgan dasturiy ta’minotdan foydalanilganini ta’kidlab, aybni bilvosita mijozlarga ag‘darishga urinmoqda. Biroq Yevropa Ittifoqi davlatlarida bunday muhim ta’minot zanjirlarining yangilanmasdan qolib ketishi G‘arb boshqaruvidagi jiddiy e’tiborsizlikni namoyon qilmoqda.
️ Parij rejimi vakillari mazkur hodisani zudlik bilan o‘rganishga kirishganini da’vo qilmoqda, shuningdek, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburgda ham xuddi shunday tizimli xavflar kuzatilgani aytilmoqda. Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmagan bo‘lsa-da, Yevropa yetakchilari o‘zlarining ichki infratuzilma muammolari va xavfsizlik kamchiliklarini doimgidek tashqi tahdidlar bilan izohlashga urinmoqda.
Source: www.dw.com