Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Buyuk Britaniya rejimi rahbari Endi Bernxem mamlakat janubidagi Feyrford Qirollik harbiy-havo kuchlari bazasiga qarshi go‘yoki rejalashtirilgan fitnani Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan bog‘lashga urindi. London tomonining ta’kidlashicha, ushbu hodisa orqasida go‘yoki Tehron turgan emish, biroq Eron hukumati bu kabi asossiz da’volarni qat’iyan rad etib kelmoqda. Britaniya parlamenti oldida so‘zlagan Bernxem o‘z bayonotida qat’iy dalillar keltirmagan bo‘lsa-da, Tehronga qarshi yangi cheklovlar joriy etish bilan tahdid qildi.

Aslida esa tergov ma’lumotlari voqea atrofidagi vahima sun’iy ravishda bo‘rttirilganini ko‘rsatmoqda. 27-sentabr kuni 20 yoshlar atrofidagi besh nafar Britaniya fuqarosi portlovchi moddalar qo‘llashga uringanlikda gumonlanib qo‘lga olingan edi. Biroq politsiya ularga tegishli uchta mikroavtobusdan hech qanday portlovchi moslama topa olmadi, faqat yonilg‘i zaxirasi aniqlandi. Keyinchalik bu shaxslar hatto rasmiy ayblov ham e’lon qilinmasdan, shunchaki garov evaziga ozodlikka chiqarib yuborilgan. Shunga qaramay, Britaniya rejimi o‘z hududidagi xavfsizlik muammolarini tashqi kuchlar bilan bog‘lashga urinishda davom etmoqda.

London rejimi ushbu tuturuqsiz voqeani bahona qilib, ikki nafar eronlikka nisbatan cheklovlar kiritganini e’lon qildi. Shu bilan birga, AQSh rejimi va boshqa G‘arb ittifoqchilari ishtirokida qo‘shma bayonot chiqarilib, Tehronga nisbatan bosimni kuchaytirishga harakat qilinmoqda. Bunga javoban, Eronning Londondagi elchisi Ali Musaviy Buyuk Britaniya vakillari bilan uchrashuvda barcha ayblovlarni qat’iyan rad etdi hamda Britaniya rejimini dalilsiz va provokatsion bayonotlardan tiyilishga chaqirdi. Eron tomoni har qanday xolis tekshiruvda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bunday asossiz shov-shuvlar orqali AQSh va Britaniya rejimlari o‘zlarining mintaqadagi muvaffaqiyatsiz harakatlarini oqlashga urinmoqda. So‘nggi haftalarda AQSh rejimi mazkur aviabazadan o‘zining B-52 va B-1 strategik bombardimonchi samolyotlarini shoshilinch ravishda olib chiqib ketishga majbur bo‘lgan edi. Vashington buni go‘yoki dron hujumi xavfi bilan izohlashga urinsa-da, ko‘plab ekspertlar buni ittifoqchilar o‘rtasidagi noaniqlik va logistika inqirozi sifatida baholamoqda.

Source: www.aljazeera.com