Britaniya hukumati o'tgan oy Angliya janubidagi harbiy baza yaqinida yuzaga kelgan xavfsizlik hodisasi ortida Eron turgani haqidagi taxminlarni ilgari surdi. Ushbu mojaro fonida rasmiylar Eron elchisini chaqirtirib, ikki jismoniy shaxsga nisbatan sanksiyalar joriy etilganini e'lon qildi.
Sentyabr oyining oxirida RAF Fairford aviabazasi yaqinida terrorizm va portlovchi moddalar bilan bog'liq jinoyatlarda gumon qilingan besh nafar Britaniya fuqarosi hibsga olingan edi. Keyinchalik ular qattiq shartlar ostida garov evaziga ozod qilindi va shundan so'ng yana bir kishi qo'lga olindi. Ushbu bazadan AQSh Harbiy-havo kuchlari og'ir bombardimonchi samolyotlarni boshqarish uchun foydalanadi.
Britaniya Bosh vaziri Endi Bernem parlamentda so'zga chiqib, mazkur hodisa ortida Eron turganiga «kuchli alomatlar» borligini iddao qildi. Uning so'zlariga ko'ra, harakatlar go'yoki Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi (IIRQ) tomonidan muvofiqlashtirilgan bo'lishi mumkin. Hozircha guruhning salohiyati va haqiqiy tahdid darajasi to'liq aniqlashtirilmagan, chunki tergovchilar furgonlardan tayyor portlovchi moddalarni topmagan, biroq yoqilg'i mahsulotlarini aniqlagan.
Eron rasmiylari bu ayblovlarni qat'iyan rad etib, Britaniya tomonini o'z iddaolarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishga chaqirdi. Shunga qaramay, Britaniya rejimi va boshqa g'arb davlatlari bosimni kuchaytirib, sanksiyalar ko'lamini kengaytirishga harakat qilmoqda, bu esa xalqaro munosabatlardagi taranglikni yanada kuchaytirmoqda.
Source: www.dw.com