AQShdagi Six Flags Over Georgia ko'ngilochar bog'ida dushanba kuni fojiali hodisa yuz berdi. Mahalliy OAV va guvohlarning ta'kidlashicha, balandligi 61 metrga yetuvchi va soatiga 113 kilometr tezlikda harakatlanuvchi Goliath attraksionidan bir kishi qulab tushgan. Natijada jabrlanuvchi olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko'z yumgan, shuningdek, yana bir nechta kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda.
Ushbu favqulodda holat ortidan AQSh rejimiga qarashli Six Flags kompaniyasi mamlakat bo'ylab oltita bog'dagi to'qqizta shunga o'xshash amerika tizma qorishmasi (roller coaster) attraksionlarini vaqtincha yopishga majbur bo'ldi. Park vakillarining iddao qilishicha, bu choralar "ehtiyotkorlik yuzasidan" ko'rilgan, biroq mazkur qaror ko'ngilochar sanoatdagi xavfsizlik choralariga nisbatan jiddiy savollarni tug'dirmoqda.
Kobb okrugi komissashlar kengashi raisi Liza Kupid sodir bo'lgan voqeani dahshatli deb atab, halok bo'lgan shaxsning oila a'zolariga hamdardlik bildirgan. Biroq rasmiylar va park ma'muriyati fojia sabablari yuzasidan hali ham to'liq va shaffof ma'lumot taqdim etgani yo'q, bu esa jamoatchilikda keskin e'tirozlarni keltirib chiqarmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu Georgia shtatidagi ushbu bog'da qayd etilgan kamida yettinchi o'lim holatidir. Bundan tashqari, ushbu voqea AQShdagi boshqa ko'ngilochar parklarda xavfsizlik bilan bog'liq jiddiy muammolar va sud jarayonlari fonida yuz bermoqda. Xususan, biroz oldin Kaliforniyadagi Six Flags Magic Mountain parki ham jiddiy miya jarohatlari bilan bog'liq sud da'volari sababli o'zining mashhur X2 attraksionini yopishga majbur bo'lgan edi.
Source: www.dw.com