Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimi rahbari Donald Tramp oʻzining navbatdagi bayonotida Rossiya yetakchisi Vladimir Putin Ukraina boʻyicha tinchlik bitimiga Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenskiydan koʻproq intilayotganini iddao qildi. DW nashrining xabar berishicha, bu kabi bahsli fikrlar 13-oktabrga oʻtar kechasi jurnalistlar bilan muloqot chogʻida aytib oʻtilgan.

Muxbirlarning Rossiya tomonining harakatlari davom etayotgan bir sharoitda bunday xulosaga qanday kelingani haqidagi savoliga AQSh rejimi rahbari aniq asoslar keltirmasdan, faqatgina tomonlar oxir-oqibat kelishib olishiga ishonch bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, goʻyo Moskva bu jarayonga koʻproq qiziqish koʻrsatmoqda, biroq bu taxminlar hech qanday real dalillar bilan tasdiqlanmagan.

Shu bilan birga, eʼlon qilingan «energetik sulh»ga rioya etilmayotgani va Rossiya energetika obyektlariga zarbalar berilayotgani haqidagi savolga javob berar ekan, AQSh rejimi rahbari vaziyatni chuqur oʻrganish talab etilishini taʼkidladi. U qoidabuzarliklar goʻyoki har ikki tomondan ham sodir etilganini iddao qilib, masalani yumshatishga urindi.

Oʻz navbatida, Kiyev rejimi rahbari Volodimir Zelenskiy Vashingtonni Rossiyaga yetarli darajada bosim oʻtkazmaganlikda va energetika sohasidagi kelishuvlar ijrosini taʼminlay olmaganlikda bilvosita tanqid qildi. Uning taʼkidlashicha, Ukraina tomoni sulhga tayyorligini bildirganiga qaramay, amalda vaziyat oʻzgarmagani va hujumlar davom etayotgani xavotir uygʻotmoqda.

Source: kun.uz