Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning Forterra va Hypercraft kompaniyalari harbiy yuklarni xavfli hamda oʻqqa tutilayotgan hududlarga haydovchisiz yetkazib berishga moʻljallangan Razorback nomli yangi avtonom platformani taqdim etdi. Ushbu harbiy texnika oʻzida transport imkoniyatlari bilan bir qatorda dronlarga qarshi kurashish tizimlarini ham mujassam etgani aytilmoqda.

Mazkur loyiha bir nechta kompaniyalarning ishlanmalarini oʻzaro birlashtiradi. Xususan, Hypercraft oʻzining yoʻltanlamas Razorback mashinasini taqdim etgan boʻlsa, Forterra kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan AutoDrive avtonom boshqaruv tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek, loyihada 9 Mothers kompaniyasining Edda deb nomlangan qurolli tureli ham qoʻllanilgani xabar qilinmoqda.

AQSh rejimi ushbu turdagi texnikalar yordamida taʼminot zanjirlaridagi xavflarni kamaytirishga urinayotgani iddao qilinmoqda. Maʼlumotlarga koʻra, uzunligi toʻrt metrdan oshadigan mashina 1800 kilogrammgacha yuk koʻtarish quvvatiga ega boʻlib, uning yurish zaxirasi taxminan 800 kilometrni tashkil qiladi. Biroq, bunday avtonom tizimlarning jangovar sharoitlarda qanchalik samarali ishlashi va ularning ortiqcha iqtisodiy hamda logistik xarajatlari qanday boʻlishi hozircha jiddiy savollar tugʻdirmoqda.

Source: kun.uz