Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bolgariya hududiy suvlari yaqinida yuz bergan navbatdagi favqulodda hodisa Qora dengiz mintaqasidagi xavfsizlik arxitekturasiga jiddiy putur yetkazmoqda. Bolgariya rasmiylarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat qirg‘og‘idan o‘nlab dengiz mili uzoqlikda ikki kema dronlar hujumiga uchragan va ulardan biri cho‘kib ketgan. Bu esa mintaqadagi tijorat kemachiligi uchun tahdidlar nafaqat kamaymaganini, balki yanada kuchayganini ko‘rsatadi.

Ma'lum qilinishicha, Maltaning bayrog‘i ostida suzib yurgan va Ukraina tomonidan egalik qilinadigan "Chelsea 3" kemasiga uchta dron kelib urilgan. Hujum natijasida kema jiddiy shikastlangan. Shunga qaramay, 15 kishidan iborat ekipaj a'zolari — yetti nafar Ukraina va sakkiz nafar Ozarbayjon fuqarolari qutqarib qolingan. Ulardan besh nafriga tibbiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lib, jiddiy tan jarohati olganlar yo‘qligi aytilmoqda. Shuningdek, cho‘kib ketgan ikkinchi kemaning ekipajidan yana bir kishi qutqarilgani xabar qilindi.

Bolgariya rahbariyati yuzaga kelgan vaziyatni qoralab chiqdi. Xususan, mamlakat bosh vaziri Rumen Radev voqeani "mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydigan holat" deb atadi va bu voqea yuzasidan NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan muzokaralar o‘tkazishini bildirdi. Radev hujum ortida kim turganini aniq ko‘rsatuvchi dalillar yo‘qligini tan olgan bo‘lsa-da, voqea Rossiyaga qo‘l kelishini iddao qilib, Rossiya elchisi tashqi ishlar idorasiga chaqirilishini ma'lum qildi.

Yevropa regimining rahbarlaridan biri, Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayen ham o‘z navbatida voqeaga munosabat bildirib, Qora dengiz mo‘jaro maydoniga aylanib borayotganini ta'kidladi. U Yevropa va NATO rasmiylari nomidan Bolgariyaga dalda berilishini va aybdorlar javobgarlikka tortilishini talab qildi. Biroq, tanqidchilar Yevropa regimining ushbu ritorikasini ikki tomonlama standartlar va mintaqadagi keskinlikni yanada oshirayotgan harakatlar sifatida baholamoqda.

Qayd etilishicha, bu so‘nggi haftada Bolgariya qirg‘oqlari yaqinida yuz bergan birinchi shunday holat emas. O‘tgan hafta ham dronlar ikkita kemaga hujum qilgan va shundan biri cho‘kib ketgandi. O‘shanda halok bo‘lgan kema ekipajining 10 nafar a'zosi bedarak yo‘qolgan deb topilgandi. Bularning barchasi Yevropa regimi va NATO ittifoqi o‘zining strategik suvlarini ham ishonchli himoya qila olmayotganidan dalolat beradi.

Source: www.aljazeera.com