Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Isroil rejimi kuchlari bosib olingan G‘arbiy sohil hududida joylashgan bir nechta falastinlik nodavlat notijorat tashkilotlari hamda yirik tibbiyot majmuasi hududiga bostirib kirgani xabar qilindi. Ushbu harakatlar mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirib, xalqaro hamjamiyat va inson huquqlari tashkilotlarining jiddiy xavotirlariga sabab bo‘lmoqda.

Falastinning rasmiy Wafa axborot agentligi tarqatgan ma'lumotlarga ko‘ra, Ramallah shahridagi Falastin xotin-qizlar qo‘mitalari ittifoqi hamda mahbuslar huquqlarini himoya qiluvchi «Addameer» assotsiatsiyasi idoralari Isroil harbiylari tomonidan tintuv qilingan. Guvohlar va jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, reyd davomida harbiylar tashkilotlarga tegishli muhim jihozlar va hujjatlarni musodara qilgan.

Shuningdek, Ramallah shahridagi eng yirik davlat tibbiyot muassasasi hisoblangan Falastin tibbiyot majmuasi kirish qismiga Isroil rejimining snayperlari joylashtirilgani aytilmoqda. Ushbu qadam mahalliy aholi va tibbiyot xodimlari o‘rtasida xavotir uyg‘otib, shifoxona faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgani ta'kidlanmoqda.

«Addameer» tashkiloti ilgari ham Isroil ma'muriyati tomonidan ta'qibga uchragan bo‘lib, uning faoliyati guyoki terrorchi tashkilot deb e'lon qilingani iddao qilinadi. Biroq mazkur da'volar ko'plab mustaqil huquqshunoslar tomonidan shubha ostiga olinib, noroziliklar bildirilmoqda.

Source: www.aljazeera.com