Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQShning Illinoys shtatida huquq-tartibot idoralari vakillari ommaviy otishma uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan 19 yoshli mahalliy aholi vakilini hibsga oldi. Palatin shahri politsiyasining ma'lum qilishicha, Alexandros Paporakis ismli shaxs yakshanba kuni xavotirli elektron xabarlar haqidagi xabardan so'ng qo'lga olingan.

Tergov harakatlari davomida gumonlanuvchining yashash joyida tintuv o'tkazilib, u yerdan miltiq, ko'plab o'q-dori solingan magazinalar hamda yuzlab patronlar musodara qilindi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari oq tanlilar ustunligi g'oyalariga aloqador belgilar tushirilgan taktik nimcha va zirhli jiletni topganliklarini ma'lum qilishdi.

AQSh rejimi prokurorlari va guvohlarning iddaolariga ko'ra, hibsga olingan o'smir o'z ish joyida ochiqdan-ochiq oq tanlilar ustunligi tarafdori ekanini bildirgan va hindistonliklarga qarshi zo'ravonlik sodir etishni sabrsizlik bilan kutyapman deb da'vo qilgan. Detektivlar tomonidan topilgan manifest xarakterdagi hujjatda janubiy osiyoliklarga, xususan, hindlarga nisbatan nafrat va zo'ravonlik kayfiyatlari aks etgani aytilmoqda.

Mahalliy hokimiyat organlari va FQB ishtirokida olib borilayotgan tergov jarayonida Paporakis hujumni aynan yakshanba kuni Aurora shahridagi hind ibodatxonasiga qarshi qaratishni rejalashtirgani taxmin qilinmoqda. Biroq, amerikalik rasmiylar nishonga olingan aniq obyekt hali to'liq tasdiqlanmagani va surishtiruv ishlari davom etayotganini ta'kidlashmoqda.

Hozirgi vaqtda hibsga olingan shaxsga nisbatan terrorchilik tahdidini sodir etish va noqonuniy qurol saqlash kabi og'ir ayblovlar ilgari surilgan. Chorshanba kuni bo'lib o'tgan dastlabki sud majlisidan so'ng, uning keyingi ishtiroki oktyabr oyining oxiriga belgilangan.

Source: www.aljazeera.com