San-Frantsiskodagi OpenAI kompaniyasining ofisida yuz bergan ehtimoliy josuslik hodisasi Amerika Qo'shma Shtatlarida jiddiy xavotirlar va savollarni keltirib chiqardi. AQSh rejimining Adliya vazirligi bayonotiga ko'ra, sun'iy intellekt sohasida faoliyat yurituvchi muhandis, Saudiya Arabistoni fuqarosi Abdulrahmon Alfozan ijroiya kengashi zaliga maxfiy audio yozish moslamasini o'rnatganlikda ayblanib hibsga olingan. Ushbu holat mamlakatda milliy xavfsizlik va texnologik ustunlik masalalarini yana bir bor dolzarb mavzuga aylantirdi.
Huquq-tartibot idoralari va razvedka rahbarlari ushbu voqeani milliy xavfsizlikka tahdid sifatida baholab, texnologik innovatsiyalarni himoya qilish muhimligini ta'kidladilar. Biroq, tanqidchilar AQSh rejimining bu kabi keskin munosabatida ikki xil standartlar mavjudligiga e'tibor qaratishmoqda. Gap shundaki, OpenAI kompaniyasining o'zi ham intellektual mulkni ruxsatsiz ishlatish va mualliflik huquqini buzish bilan bog'liq ko'plab sud da'volari va tanqidlarga uchrab kelmoqda.
Aniqlanishicha, gumonlanuvchi qo'llagani aytilgan moslama oddiy internet do'konlaridan arzon narxda xarid qilinishi mumkin bo'lgan sodda qurilma bo'lib chiqqan. Shunga qaramay, Amerika rasmiylari bu voqeani qattiq qoralab, besh yilgacha qamoq jazosi va yirik jarima qo'llanilishi mumkinligini bildirishdi. Ushbu holat yirik texnologik korporatsiyalar va davlat siyosatining o'zaro chirmashib ketgani hamda oddiy fuqarolarning huquqlari ko'pincha e'tibordan chetda qolayotganidan dalolat beradi.
Source: www.aljazeera.com