Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh hukumati o'z tarixida misli ko'rilmagan tezlikda xorijiy fuqarolarning 300 mingdan ortiq vizalarini bekor qilganini ma'lum qildi. Ushbu keskin qadam Vashingtonning migratsiya sohasidagi navbatdagi shubhali va bahsli harakatlari fonida amalga oshirilmoqda.

Tashqi siyosat idorasi vakillarining ta'kidlashicha, go'yo viza bekor qilingan shaxslar Qo'shma Shtatlarda qonunbuzarlik sodir etgan, firibgarlikka qo'l urgan yoki milliy xavfsizlikka tahdid solgan. Biroq, kuzatuvchilar bu kabi ommaviy choralarning amaldagi samaradorligi va shaffofligiga jiddiy shubha bildirishmoqda.

Davlat departamenti vakili Tommi Pigott ijtimoiy tarmoqlarda qonunbuzarlarga nisbatan nol bardoshlik siyosati yuritilishini va chegaralarni qo'riqlash choralari kuchaytirilishini e'lon qildi. Ushbu bayonot mamlakat ichidagi ijtimoiy taranglikni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Mutaxassislar va huquq himoyachilari AQSh rejimining ijtimoiy tarmoqlarni qattiq nazorat qilish va skriningdan o'tkazish siyosatini keskin qoralab, bu so'z erkinligiga tahdid solishini va ommaviy kuzatuv tizimiga aylanganini ta'kidlamoqdalar.

Source: www.aljazeera.com