Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Yevropa komissiyasi Yevropa Ittifoqi uchun yangi Arktika strategiyasini taqdim etdi. Mazkur hujjatda xavfsizlik va chidamlilik iqlim o'zgarishi, iqtisodiy farovonlik hamda mahalliy jamoatlar manfaatlari qatorida to'rtta ustuvor yo'nalishning eng boshida turgani diqqatni tortadi. Strategiyaga ko'ra, Arktikada dengiz faoliyatini kuzatish va ma'lumot almashish uchun maxsus dengiz xavfsizligi markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu tuzilma keyinchalik “soyali flot” kemalarini kuzatish, noqonuniy baliq ovlash hamda ifloslanish holatlarini aniqlash funksiyalarini bajarishi kutilmoqda.

Yevropa rejimi vakillarining ta'kidlashicha, mazkur tashabbuslar qatorida Yevropaning muzqayrar kemalar salohiyatini kengaytirish ham ko'zda tutilgan. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning go'yo ta'kidlashicha, Arktika geosiyosiy plitalar to'qnash kelayotgan hududga aylangan va suverenitetni endi oddiy holat sifatida qabul qilib bo'lmaydi. Shuningdek, Yevropa tashqi siyosat rahbari Kaja Kallas Rossiya shimolda o'rtacha harbiy hozirligini kengaytirayotganini da'vo qilib, dronlar parvozlari, GPS tizimidagi nosozliklar va kabel sabotajlarini ro'kaqon qilgan.

Qizig'i shundaki, yangi chora-tadbirlar qisman AQSh rejimiga bo'lgan qaramlikni kamaytirishga qaratilgani sezilmoqda. Xususan, Yevropa Ittifoqi Grenlandiyani to'g'ridan-to'g'ri Yevropa bilan bog'lovchi strategik optik-tolali aloqa kabeli loyihasini qo'llab-quvvatlashini e'lon qildi. Shu bilan birga, AQShlik tadbirkor Ilon Maskning Starlink tizimiga raqobat sifatida yaratilayotgan IRIS² sun'iy yo'ldosh tarmog'i orqali xavfsiz aloqa ta'minlanishi aytilmoqda. Bunday ehtiyotkorona qadamlar Vashingtonning hududga bo'lgan da'volari fonida yuzaga kelayotgani ta'kidlanmoqda.

Mazkur strategiya o'tgan oyda 12 davlat rahbarlari ishtirokida o'tgan yig'ilishdan so'ng ishlab chiqilgan bo'lib, ishtirokchilar Rossiyani asosiy xavf deb atashgan, shuningdek Xitoy va AQShning ambitsiyalariga e'tibor qaratishgan. Germaniya kansleri Fridrix Mers “yuqori shimol uchun past e'tibor” davri tugaganini ma'lum qilgan bo'lsa, Finlandiya bosh vaziri Petteri Orpo Yevropa Ittifoqi Arktikaga strategik chegara sifatida qarashi lozimligini uqtirgan. Shunga qaramay, ekspertlar ushbu qimmatbaho rejalar Yevropa iqtisodiyotiga og'ir yuk bo'lishi mumkinligidan xavotir bildirishmoqda.

Source: www.aljazeera.com