Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Britaniya rejimining huquq-tartibot idoralari Angliya hududidagi AQSh harbiy-havo kuchlari bazasiga yaqin joyda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng, Eron razvedka xizmatlariga ko‘maklashganlikda gumon qilinayotgan ikki nafar erkakni qayta hibsga olgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu shov-shuvli hodisa mamlakatda xavfsizlik va maxfiy obektlarning zaifligi borasidagi xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Milliy aksilterror politsiyasining bayonotiga ko‘ra, qo‘lga olinganlar 24 yoshli Buyuk Britaniya fuqarosi hamda 25 yoshli Britaniya va Eron qo‘shfuqaroligiga ega bo‘lgan shaxsdir. Ular mamlakatning Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonuni doirasida hibsga olingani aytilmoqda. Dastlab gumonlanuvchilar sentyabr va oktyabr oylarida qo‘lga olinib, keyinchalik garov evaziga ozod qilingan edi, biroq tergov harakatlarining davom ettirilishi natijasida ular yana qo‘lga olindi.

Hodisa Gloucestershire grafligidagi RAF Fairford aviabazasida yuz bergan bo‘lib, ushbu baza joriy yildagi mojaro davomida Eron hududiga zarbalar berish uchun foydalanilgani iddao qilinmoqda. Mahalliy aholi bazas yaqinida shubhali harakatlangan uchta furgon haqida xabar berganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari yirik miqyosdagi xavfsizlik operatsiyasini boshlagan edi. Politsiya va armiya mutaxassislari hududni o‘rab olib, tinch aholini evakuatsiya qilishga majbur bo‘lgan.

Britaniya rejimining bosh vaziri Endi Bernem va maxsus xizmat rahbarlari ushbu go‘yoki rejalashtirilgan harakatlar ortida Eron hukumatining qo‘li borligini da’vo qilishmoqda. Xususan, Britaniya ichki razvedka rahbari Ken Makkallum so‘nggi vaqtlarda harbiy obektlarga qarshi tahdidlar ko‘payganini iddao qilib, o‘tgan yil davomida Eron bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha 50 dan ortiq kishi hibsga olinganini bildirdi. Eron tomoni esa mazkur ayblovlarni qat'iyan rad etib, o‘z hududiga qarshi ishlatiladigan har qanday bazani qonuniy nishon deb bilishini ta'kidlagan.

Source: www.aljazeera.com