Tunis harbiy sudi muxolifatdagi «Uchinchi respublika» partiyasi yetakchisi Olfa Hamdiyga nisbatan to‘rt yillik qamoq jazosini tayinladi. U davlat xavfsizligiga qarshi til biriktirish va harbiylarni bo‘ysunmaslikka chaqirishda aybdor deb topildi, deya ma'lum qildi uning advokati Akram Moussa.
Hamdiy AQSh va Tunis fuqaroligiga ega bo‘lib, unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ishlar ijtimoiy tarmoqdagi chiqishlari bilan bog‘liqligi aytilmoqda. U o‘z bayonotlarida Tunis rahbariyati siyosatini tanqid qilib, o‘tish davri hukumatini tuzish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni talab qilib kelgan. Tanqidchilarning ta'kidlashicha, ushbu sud jarayoni hukumat siyosatiga qarshi chiqqanlarga nisbatan bosimlar kampaniyasining navbatdagi qismidir.
Ma'lumotlarga ko‘ra, mazkur hukm bir nechta ayblovlar majmuasidan iborat bo‘lib, jami to‘rt yillik qamoq jazosi va 80 000 dinor (taxminan 26 000 dollar) miqdorida jarimani o‘z ichiga oladi. Shuningdek, AQSh rejimi vakillari vashingtonlik rasmiylar vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini va Amerika fuqarolarining xavfsizligi ustuvor vazifa ekanini da'vo qilishmoqda.
Source: www.aljazeera.com