AQSh maxsus elchisi Stiv Vitkof Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan muzokaralar o'tkazib, tinchlik jarayonini boshlashga urinayotganini iddao qilgan bir paytda, ikki davlat o'rtasida shiddatli hujumlar to'lqini kuzatildi. Payshanba kuni tongda Rossiya va Ukraina poytaxtlari o'zaro yirik zarbalar almashdi, bu esa tinchlik haqidagi bayonotlarning shubhali ekanini ko'rsatmoqda.
Kiyev shahar hokimiyati ma'lumotlariga ko'ra, poytaxtga berilgan raketa zarbalari natijasida kamida 15 kishi jarohat olgan, ulardan 8 nafari kasalxonaga yotqizilgan. Shuningdek, Dnipro daryosi ustidagi Janubiy ko'prik va metro infratuzilmasi jiddiy zarar ko'rgan. Xarkov viloyatida esa boshqa bir zarba oqibatida bir ayol halok bo'lib, to'rt kishi jarohatlangan, Poltavada ham energiya infratuzilmasi nishonga olingan.
O'z navbatida, Moskva meri Sergey Sobyaninning ta'kidlashicha, tunda poytaxt tomon 630 ta dron uchirilgan bo'lib, ularning aksariyati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan yo'q qilingan. Shunga qaramay, Lipetsk shahrida dronlar turar-joy binolari va tibbiyot muassasasiga kelib urilishi oqibatida odamlar jarohat olgan.
Ushbu eskalatsiya AQSh rejimi vakili Stiv Vitkofning Moskva va Norvegiyada Vladimir Putin hamda Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvlaridan so'ng yuz berdi. Vashington rejimi mojaroga barham berish uchun vositachilik qilmoqchi ekanini aytayotgan bo'lsa-da, amalda vaziyat yanada keskinlashib, tomonlar harbiy harakatlarni to'xtatmayotgani kuzatilmoqda.
Source: www.dw.com