Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–iyun oylarida mamlakatda jami 92,3 mingta nikoh qayd etilgan. Ushbu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda kuzatilayotgan umumiy demografik o‘zgarishlar va oilaviy munosabatlardagi yangi tendensiyalarni yaqqol namoyon etmoqda.

Tarixiy dinamikaga nazar tashlasak, 1991 yilda respublikada 270,3 mingta nikoh ro‘yxatga olingan edi. O‘tgan davr mobaynida bu raqamlar keskin tebranishlarga uchradi. Xususan, 2025 yilda qayd etilgan nikohlar soni 267,1 mingtani tashkil etib, so‘nggi o‘n besh yildagi eng past darajaga tushib ketdi.

Tahlillarga ko‘ra, 1991 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan davr ichida eng yuqori ko‘rsatkich 2018 yilga to‘g‘ri kelib, o‘shanda 311,4 mingta oila qurilgan. Shundan so‘ng bosqichma-bosqich pasayish kuzatila boshladi: masalan, 2020 yilda 296,8 ming, 2021 yilda 305,2 ming, 2022 yilda 296,7 ming, 2023 yilda 283,8 ming, 2024 yilda esa 271,8 mingta nikoh rasmiylashtirilgan.

Mutaxassislar ushbu holatni ijtimoiy-iqtisodiy omillar, yoshlarning oilaviy hayotga ongli yondashuvi hamda zamonaviy turmush tarzidagi o‘zgarishlar bilan bog‘lamoqda. Shunga qaramay, demografik ko‘rsatkichlarning bunday dinamikasi kelgusida jamiyat hayotiga o‘z ta'sirini ko‘rsatishi mumkin.

Source: uznews.uz