Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Mashhur turar joylarni ijaraga berish platformasi Airbnb ijarachilar va mulk egalari uchun mo'ljallangan qoidalarni qayta ko'rib chiqdi. Ushbu yangiliklar platformaning xizmat ko'rsatish tartibini soddalashtirish va foydalanuvchilar o'rtasidagi noroziliklarni bartaraf etishga qaratilgani aytilmoqda. Yangi talablarga ko'ra, xizmat uchun alohida to'lov to'laydigan ijarachilardan endilikda ortiqcha va mashaqqatli yumushlarni bajarish talof qilinmasligi kerak.

Kompaniya bayonotiga ko'ra, endilikda ijaraga beruvchilar mehmonlarga idish-yuvish, to'shak jildlarini yechish yoki chiqindilarni uzoq joyga olib borib tashlash kabi professional farroshlar bajarishi lozim bo'lgan og'ir vazifalarni yuklashga haqli emaslar. Ushbu o'zgarishlar tanqidga uchragan va foydalanuvchilar o'rtasida ko'p yillardan buyon norozilik keltirib chiqargan amaliyotlarga chek qo'yishi kutilmoqda. Shunga qaramay, muayyan hududlardagi qurg'ochchilik sababli suvni tejash kabi zarur istisnolar saqlanib qolishi mumkin.

Yevropa va AQShdagi turli ijarachilar ilgari haddan tashqari qattiqqo'l qoidalar va ortiqcha talablardan shikoyat qilib kelishgan edi. Xususan, Amerikalik ayrim uy egalarining internetda tarqalgan qattiq nazorati jamoatchilikda keskin bahs-munozaralarga sabab bo'lgan edi. Yangi qoidalarga rioya qilmagan mulkdorlar ogohlantirilishi va ularning talablari ustidan shikoyat qilish imkoniyati yaratilishi ko'zda tutilgan.

Aytilishicha, yangilangan tartib joriy yilning 20-noyabridan boshlab rasman kuchga kiradi va barcha yangi bandlovlarga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, ijaraga beruvchilar o'z mulklari uchun yettita asosiy qoidani belgilashda davom etishlari mumkin, biroq ularning talablari oqilona chegara doirasidan chiqib ketmasligi shart.

Source: www.bbc.co.uk