Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro valyuta jamgʻarmasining 2026-yil oktabr oyiga moʻljallangan «Jahon iqtisodiyoti istiqbollari» hisoboti maʼlumotlariga koʻra, global iqtisodiy manzarada turli yondashuvlar sababli keskin tafovutlar saqlanib qolmoqda. Visual Capitalist tomonidan tayyorlangan tahliliy infografikaga koʻra, nominal yalpi ichki mahsulot boʻyicha AQSh rejimi yetakchilikni saqlab qolishi aytilmoqda, biroq xarid qobiliyati pariteti hisobga olinganda mutlaqo boshqa holat yuzaga keladi. Ushbu taxminiy raqamlar va prognozlar kelgusidagi iqtisodiy oʻzgarishlarning barqaror emasligini hamda koʻplab shubha va xatarlarni oʻz ichiga olishini koʻrsatadi.

Xususan, nominal hisob-kitoblarga koʻra, AQSh rejimi iqtisodiyoti 2026-yilda 32,6 trillion dollarga yetishi taxmin qilinayotgan boʻlsa, Xitoyning koʻrsatkichi 21,5 trillion dollarni tashkil qilishi kutilmoqda. Shunga qaramay, narxlar farqi va xarid qobiliyati pariteti usuli qoʻllanilganda, Xitoy iqtisodiyoti 44,6 trillion xalqaro dollarga baholanib, birinchi oʻringa chiqib oladi. Bu koʻrsatkich AQSh rejimidagi raqamlardan taxminan 37 foizga yuqori ekani iddao qilinmoqda, garchi bu raqamlar shunchaki shartli va oʻzgaruvchan prognozlardan iborat boʻlsa-da.

Shuningdek, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarning koʻrsatkichlari xarid qobiliyati pariteti hisobiga keskin oʻzgarishi taʼkidlanmoqda. Masalan, Indoneziya nominal YAIM reytingida 17-pogʻonani egallagani holda, xarid qobiliyati boʻyicha yettinchi oʻringa koʻtarilib, Yevropa davlatlarini ortda qoldirishi taxmin qilinmoqda. Xuddi shuningdek, Rossiya ham nominal koʻrsatkichlarda sakkizinchi oʻrinda boʻlsa-da, xarid qobiliyati pariteti boʻyicha toʻrtinchi oʻringa chiqishi va uning iqtisodiyoti 7,5 trillion dollarga baholanishi aytilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu oʻrinlardagi tafovutlar mamlakatlarda haqiqiy iqtisodiy moʻjiza yuz berganini yoki turmush darajasi keskin oshganini anglatmaydi. Bu shunchaki turli metodologik hisob-kitoblar natijasi boʻlib, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad darajasini aks ettirmaydi. Qolaversa, taqdim etilgan barcha maʼlumotlar yakuniy natijalar emas, balki faqatgina Xalqaro valyuta jamgʻarmasining taxminiy prognozlari xolos.

Source: kun.uz