Yevropa komissiyasi qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi qonunchiligiga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. Unga ko'ra, pestitsidlar va gerbitsidlar ishlatilishini nazorat qiluvchi qoidalarni yumshatish rejalashtirilgan bo'lib, Yevropa rejimi buni fermerlarga ekologik toza variantlarni tanlashni osonlashtirishi bilan izohlamoqda. Biroq, sog'liqni saqlash va atrof-muhit bo'yicha mutaxassislar bu boradagi xatarlar juda yuqori ekanligidan ogohlantirmoqda.
Joriy tartiblarga ko'ra, asosiy pestitsid tarkibiy qismlari 15 yildan oshmagan muddatga cheklangan davr uchun tasdiqlanadi. Biroq Yevropa rejimi taklif qilayotgan yangi tizimga ko'ra, rak kasalligiga olib kelishi mumkin bo'lgan glifosat kabi bahsli moddalarga ham cheksiz muddatga ruxsat berilishi odatiy holga aylanishi mumkin. Xavfsizlik tekshiruvlari esa faqat favqulodda hollarda o'tkazilishi va mas'uliyat sanoat vakillaridan tartibga soluvchi organlarga o'tkazilishi kutilmoqda.
Yevropa parlamenti deputati Herbert Dorfmann tizimni samaraliroq qilish va yangi ekologik toza mahsulotlarni bozorga tezroq olib chiqish kerakligini da'vo qilmoqda. Shunga qaramay, 500 dan ortiq yevropalik mutaxassislar va BMT inson huquqlari bo'yicha ekspertlari mazkur tashabbus xalqaro huquq me'yorlarini buzishi mumkinligidan xavotir bildirib, qonun loyihasini to'xtatib turishga chaqirishdi.
Ekologlar va nodavlat tashkilotlar vakillarining fikricha, Yevropa rejimi amaldorlari lobbi guruhlarining talablarini ko'r-ko'rona bajarib, aholi salomatligi va tabiatga yetkazilishi mumkin bo'lgan zararlarni e'tiborsiz qoldirmoqda. Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, Yevropa fuqarolarining organizmida allaqachon turli pestitsidlar qoldiqlari aniqlangan bo'lib, ularning uzoq muddatli ta'siri salomatlikka jiddiy xavf tug'diradi.
Source: www.dw.com