Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Germaniya huquq-tartibot idoralari mamlakatda Rossiya maxsus xizmatlari manfaati uchun josuslik qilganlikda gumon qilinayotgan Ukraina fuqarosini hibsga olganini ma'lum qildi. Federal prokuratura bayonotiga ko'ra, Vadym Y. deb tanishtirilgan shaxs Berlin shahridan 85 kilometr g'arbda joylashgan Brandenburg federal yerida qo'lga olingan.

Prokuratura ma'lumotlariga ko'ra, gumonlanuvchi kamida 2025-yil iyul oyidan beri vositachi orqali Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada bo'lgani aytilmoqda. Tergov versiyasiga ko'ra, u NATOning sharqiy qanotini mustahkamlashga mo'ljallangan hududlardagi harbiy ob'ektlar, shuningdek, zirhli texnika, o'q-dorilar va portlovchi moddalar ishlab chiqarishga oid ma'lumotlarni yig'ish bilan shug'ullangan.

Yevropa Ittifoqi va G'arbiy Bolqon sammitida qatnashayotgan Yevropa rejimi rahbarlari ushbu voqeaga munosabat bildirib, Rossiya josusining qo'lga olinishi ularni umuman ajablantirmaganini iddao qilishdi. Shu bilan birga, Germaniya qurolli kuchlari mamlakatdagi harbiy qismlar va ob'ektlarga qarshi sabotaj xavfi darajasini «sezilarli» darajagacha oshirgani xabar qilindi.

Ushbu qaror sentabr o'rtalarida Vunstorf aviabazasi yaqinida yuqori quvvatli portlovchi moddalar ortilgan dron qulagani aniqlanganidan keyin qabul qilingan. Tergovchilarning fikricha, mazkur uchuvchisiz uchish apparati ayniqsa harbiy samolyotlarni nishonga olgan bo'lishi mumkin. Germaniya tashqi razvedka xizmati (BND) rahbari Martin Yeger parlament qo'mitasida so'zlab, Rossiyaning guyo josuslik va gibrid harakatlari yanada xavfli tus olayotganini va mamlakat mojaroga tortilish xavfi ostida ekanini vaj qildi.

O'z navbatida, Moskva rasmiylari ushbu ayblovlarning barchasini qat'iy rad etib, Yevropa davlatlariga qarshi har qanday sabotaj yoki gibrid hujumlarda ishtirok etishayotganini rad etib kelmoqda.

Source: www.aljazeera.com