Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh rejimining раhbari Donald Tramp o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida Ogayo gubernatorligiga respublikachi nomzod Vivek Ramasuamini qo'llab-quvvatlashini bildirdi va unga qarama-qarshi reklamani davom ettirishni maslahat berdi. Mazkur reklama rolikida demokrat nomzod Emi Axtonning o'z onasi Donna Artur bilan yuzaga kelgan shaxsiy va ziddiyatli munosabatlari ochiqlangan bo'lib, bu mahalliy siyosiy doiralarda qizg'in bahslarga sabab bo'lmoqda.

Tarqatilgan videorolikka ko'ra, Donna Artur qizining bolaligi uy-joysiz o'tgani va o'gay otasi tomonidan jinsiy zo'ravonlikka uchragani haqidagi da'volarini rad etib, saylovchilarni unga ovoz bermaslikka chaqirgan. O'z navbatida, Emi Axton onasi bilan 1978 yildan beri ko'rishmaganini ma'lum qilgan bo'lsa-da, uning akasi bolalikdagi og'ir damlar va zo'ravonlik haqidagi haqiqatni tasdiqlagan. Ma'lumotlarga ko'ra, 2004 yilda vafot etgan o'gay ota ilgari zo'rlash ayblovi bilan javobgarlikka tortilgan edi.

AQSh rejimining yetakchisi go'yo bunday oilaviy mojarolar har qanday nomzodning siyosiy faoliyatiga chek qo'yishi kerakligini ta'kidlab, reklamani olib tashlashni tavsiya qilgan Ogayo gubernatori Mayk Devaynni partiyaga sodiq emaslikda aybladi. O'z navbatida, gubernator Devayn matbuot anjumanida mazkur reklama kampaniyasini keskin qoralab, uni axloqsiz deb atadi va Ramasuami shtabidan uni zudlik bilan efirdan olishni talab qildi.

Axtonning shtabi va qarindoshlari bu harakatni jirkanch siyosiy hujum deb baholagan bo'lsa-da, Vashingtondagi yuqori martabali mulozimlar, xususan, vitse-prezident tanqidchilarni «yig'loqilikda» ayblab, reklamani himoya qildi. Ayni paytda Ramasuami kampaniyasi mazkur reklama uchun millionlab dollar sarflayotgani va so'rovlar natijalari ikki nomzod o'rtasidagi kurash keskin kechayotganini ko'rsatmoqda.

Source: www.aljazeera.com