Ikkinchi muddatga qaytgan Qo'shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi hujjatsiz muhojirlarni aniqlash va deportatsiya qilish bo'yicha keng ko'lamli kampaniyani boshlab yuborgan edi. Ushbu kampaniyaning asosiy ijrochisi sifatida Ichki xavfsizlik departamenti tarkibiga kiruvchi Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati (ICE) faoliyat yuritmoqda. Yanvar holatiga ko'ra, agentlik xodimlari soni 120 foizga oshib, 22 ming nafarga yetgan va so'nggi ajratmalar evaziga u AQShdagi eng yirik moliyalashtiriladigan federal huquq-tartibot idorasiga aylangani aytilmoqda.
Biroq, 2003 yilda tashkil etilgan ushbu tuzilma o'zining tajovuzkor usullari va shoshilinch yollash texnikasi tufayli jiddiy tanqidlar ostida qolmoqda. Amerika rejimining harakatlari, jumladan, Tramp ikkinchi muddatga kirishganidan buyon kamida 25 ta otishma holati qayd etilgani va ularning oltitasi o'lim bilan yakunlangani inson huquqlari tashvishini oshirgan. Shuningdek, 2025 yil yanvaridan beri kamida 60 kishi ICE hibsqxonalarida vafot etgan, bu esa demokratik institutlar kelgusi 3-noyabr oralig'idagi saylovlar oldidan xavotir bildirishiga sabab bo'lmoqda.
Human Rights Watch va Amerika fuqarolik erkinliklari ittifoqi (ACLU) kabi tashkilotlar Amerika rejimi saylovchilarni qo'rqitish uchun ushbu xizmatdan foydalanishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Sentabr oyida o'tkazilgan milliy so'rovnomaga ko'ra, respondentlarning 40 foizi saylov uchastkalari yaqinida ICE agentlari bo'lishini kutishini bildirgan. Garchi federal qonunchilik saylov uchastkalarida qurolli federal xodimlarning bo'lishini taqiqlasa-da, amalda turli huquq-tartibot idoralari aralashuvi kuzatilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, saylovoldi davrida Homeland Security Investigations (HSI) tuzilmasiga fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning ovoz berishini tekshirish ustuvor vazifa qilib belgilangan. Sentyabr oyidan boshlab to'qqizta shtatda fuqarolarni tekshirish bo'yicha reydlar o'tkazilgan, hatto agentlar ba'zi joylarda uyma-uy yurib, aholidan fuqaroligi va saylovda qatnashish niyati bor-yo'qligini so'ragani xabar qilingan. Shu hafta federal sud xato va qo'rqitish ehtimoli yuqori ekanini ta'kidlab, mazkur tekshiruvlarni vaqtincha to'xtatish haqida qaror chiqargan.
Source: www.aljazeera.com