Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Venesuela shahar ko'chalariga erkin saylovlar va siyosiy o'zgarishlarni talab qilgan minglab fuqarolar chiqdi. Bu oxirgi ikki yil ichidagi ilk umummilliy muxolifat norozisi bo'lib, mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tanglik hamda chuqur siyosiy bo'hondan dalolat beradi.

AQSh rejimi rahbari Donald Tramp va vaqtincha ijro etuvchi Delsi Rodriges mamlakatda saylovlar o'tkazilishini iddao qilishgan, biroq sobiq prezident Nikolas Maduroning yanvar oyidagi harbiy reyd natijasida hibsga olinishidan keyingi davr uchun aniq sana belgilanmagani e'tirozlarga sabab bo'lmoqda.

Nobel mukofoti sovrindori va muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machado saylovlar 2027-yil iyuligacha o'tkazilishi shartligini bildirdi. Uning "Vente Venezuela" harakati tomonidan tashkil etilgan mitinglar poytaxt Karakas hamda Valensiya, Marakay, San-Kristobal kabi yirik shaharlarni qamrab oldi.

Yanvar oyidan beri hokimiyatda qolayotgan vaqtincha prezident Delsi Rodriges hukumati va hukmron Sotsialistik partiya siyosiy dissidentlarga nisbatan inson huquqlarini poymaldan tortib, turli tazyiqlarda ayblanib kelinmoqda. Shunga qaramay, Vashington mazkur hukumat bilan hamkorlikni davom ettirib, mamlakat neft resurslari ustidan nazorat o'rnatishga urinmoqda.

Source: www.aljazeera.com