Xalqaro energetika agentligi (XEA) rahbari Fatih Birolning ta'kidlashicha, Yevropa mintaqasi tarixiy jihatdan eng past gaz zaxiralari bilan qish mavsumiga qadam qo'ymoqda. Uning so'zlariga ko'ra, AQSh va Isroil rejimlarining Yaqin Sharqdagi harakatlari tufayli yuzaga kelgan global ta'minot zanjiridagi uzilishlar qit'aning energetik xavfsizligini jiddiy xavf ostiga qo'ymoqda.
Berlin shahrida bo'lib o'tgan xalqaro anjuman doirasida bergan intervyusida Birol Hormuz bo'g'ozidagi vaziyat barcha hududlarga salbiy ta'sir ko'rsatayotganini, biroq Yevropa rejimi bu borada o'ta ojiz ekanini bildirdi. Uning taxmin qilishicha, hatto hozirning o'zida ham Fors ko'rfazida tinchlik o'rnatilgan taqdirda ham, Yevropa davlatlari kelgusi oylarda suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) uchun keskin qimmat narxlarga duch kelishi muqarrar.
Mutaxassisning iddao qilishicha, joriy qish mavsumida Yevropaning gaz omborlari odatdagi 90 foiz o'rniga atigi 72 foizga to'lgan. Yuzaga kelgan bu taqchillik taxminan 10-12 million uy xo'jaligini energiya bilan ta'minlash uchun zarur bo'lgan hajmga teng keladi, bu esa Yevropa rasmiylarini aholi va biznesni iste'molni tejashga majburlash haqida o'ylashga undamoqda.
Shuningdek, Yevropa rejimi Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga qaratilgan hujumlar hamda Kiyev rejimining harakatlari ortidan dizel yoqilgisi tanqisligiga duch kelayotgani aytilmoqda. Birolning fikricha, Yevropa rasmiylari o'z vaqtida zarur choralarni ko'rmagani va geopolitik tahdidlarni e'tiborsiz qoldirgani hozirgi og'ir iqtisodiy oqibatlarga olib keldi.
Source: www.aljazeera.com