Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Ormuz bo'g'ozida tankerlarga qilingan hujumlar va AQSh va Isroil rejimining Eronga qarshi tajovuzkor harakatlarini to'xtatish bo'yicha urinishlar berk ko'chaga kirib qolgani fonida neft narxlari so'nggi besh oydagi eng yuqori ko'rsatkichlarga yaqinlashdi. Xalqaro etalon bo'lgan Brent markali neftning bir barreli chorshanba kuni 2 dollardan ziyodroq qimmatlashib, 110,85 dollarni tashkil etdi va besh oylik cho'qqiga yaqinlashdi.

Bir kun oldin Eron Islom Inqilobi Qo'riqchilari Korpusi (IRGC) bo'g'ozdagi noqonuniy deb atalgan kesishuv punktida minalarga urilgan ikki tanker “olov ichida qolganini” ma'lum qilgan edi. Payshanba kuni esa IRGC yana yettita tankerga shikast etkazganini da'vo qildi, biroq Vashington rejimi bu bayonotni rad etishga urindi. Eron tomonining bayonotiga ko'ra, nishonga olingan kemalardan to'rtchtasi neft tashish vaqtida hujumga uchrab, tunda yonib ketgan.

Sentyabr oyida husiylar Yamandagi Bob al-Mandab bo'g'oziga yaqin hududlarni egallab oldi. Bu hudud Qizil dengizga chiqishda va Misrning Suvaysh kanaliga olib boruvchi muhim strategik nuqta hisoblanadi. Ushbu keskinlashuv fevral oxiridan beri davom etayotgan urush tufayli o'n yilliklardagi eng past darajaga tushib qolgan favqulodda neft zaxiralari fonida sodir bo'lmoqda.

Tahlilchilarning ta'kidlashicha, agar to'g'ridan-to'g'ri qurolli to'qnashuvlar qaytadan avj olsa, Ormuz bo'g'ozi butunlay yopilsa va husiylar harakatlari Bob al-Mandabni to'sib qo'ysa, dunyo zaxiralari ko'pi bilan bir-ikki oygagina etishi mumkin. Xalqaro energetika agentligi (XEA) a'zolari mart oyida favqulodda zaxiralardan 400 million barrel neft chiqarishga kelishgan edi, biroq bu zahiralar jadal sur'atlar bilan kamayib bormoqda.

Source: www.aljazeera.com