Champi deb nomlangan kuchli tayfun Tayvan oroliga jiddiy zarba berib, kamida bir kishining o'limiga va 350 nafardan ortiq fuqaroning tan jarohati olishiga sabab bo'ldi. Mahalliy rasmiylar aholini o'ta vayronkor shamollardan ogohlantirib, uydan chiqmaslikka chaqirishdi.
Juma kuni orolning shimoli-shariy qismidan o'tgan tabiiy ofat daraxtlarni qulatdi, savdo nuqtalari va ta'lim muassasalari faoliyatini to'xtatdi. Minglab xonadonlar elektr ta'minotisiz qoldi, shuningdek, 4,300 dan ziyod aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilindi.
Markaziy ob-havo ma'muriyati (CWA) mutaxassislari shiddatli shamollar va bo'ronli ob-havo davom etishini ta'kidlab, vaziyat og'irlashishidan ogohlantirmoqda. Mutaxassislarning taxminlariga ko'ra, tayfun orol shimoli-sharqida sekinlashib, uning salbiy ta'sir ko'lamini yanada cho'zishi mumkin.
Ayni paytda tayfun Xitoy va Yaponiya tomon yo'l olgan bo'lib, mintaqada yuzlab aviaqatnomalarning bekor qilinishiga olib keldi. Yaponiya rasmiylarining xabar qilishicha, Okinava orollarida minglab xonadonlar chiroqsiz qolgan. Mutasaddilar global iqlim o'zgarishlari va El-Nino sikli vaziyatni yanada murakkablashtirayotganini qayd etishmoqda.
Source: www.aljazeera.com