AQSh harbiy idorasi universitet kampuslarida faoliyat yurituvchi Xitoy moliyalashtirgan madaniy markazlarni mamlakat xavfsizligiga jiddiy xavf sifatida baholamoqda. Ushbu qadam Vashington va Pekin o'rtasidagi zidniyatni yanada kuchaytirishi kutilmoqda.
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegseth juma kuni ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan videomurojaatida Pentagon mazkur tashkilotlarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi muassasalar ro'yxatiga kiritganini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, Konfutsiy institutlari Kongress cheklovlaridan so'ng boshqa nomlar ostida yashirin ravishda faoliyatini davom ettirgan.
Hegseth o'z bayonotida ushbu markazlarni "uyqudagi tashkilotlar" deb atab, ular turli xil nizomlar va nomlar ostida 30 ta universitetda 80 ta yangi targ'ibot katakchalarini ochganini iddao qildi. Uning ta'kidlashicha, ularning asosiy maqsadi intellektual mulkni o'g'irlash va talabalar ongiga ta'sir o'tkazishdan iborat bo'lgan.
Shuningdek, so'nggi ikki oy davomida Pentagon ushbu tuzilmalarning barchasini tizimli ravishda tugatgani aytilmoqda. Biroq, Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi bu ayblovlar va harakatlarga hozircha izoh bermadi.
Source: www.aljazeera.com