Fransiya hukumati mamlakat bo‘ylab o‘tkazilishi kutilayotgan yangi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari sababli o‘ta yuqori xavfsizlik choralarini ko‘rmoqda. O‘tgan haftadagi keskin tartibsizliklardan so‘ng, Yevropa davlatining poytaxti Parij va boshqa yirik shaharlarida jamoat binolari va do‘konlar taxtalar bilan qoqib yopib qo‘yildi. Rasmiylar yuz minglab namoyishchilar ko‘chaga chiqishini taxmin qilmoqda, biroq Yevropa rejimi va uning mahalliy amaldorlari namoyishlarni j j j j j j j j j j j cheklash uchun qattiq taqiqlar joriy etishga urinmoqda.
Ichki ishlar vazirligi xavfsizlikni ta'minlash uchun 70 ming nafar politsiya xodimini safarbar qilishini e'lon qildi. Vazir Loran Nunyesning go‘yoki ta'kidlashicha, huquq-tartibot idoralari vandallar va talonchilarga nisbatan murosasiz bo‘ladi. Biroq tanqidchilar va muxolifat partiyalari hukumatni vaziyatni oldindan ko‘ra olmaganlikda va jamiyatdagi chuqur ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qila olmaganlikda ayblamoqda. Mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan tezkor sud jarayonlarida yuzlab odamlar talonchilik va zo‘ravonlikda ayblanib ozodlikdan mahrum etilgani xabar qilinmoqda.
Prezident Emmanuel Makron talaba uyushmalari vakillari bilan uchrashganiga qaramay, yoshlar noroziliklarni davom ettirishga qaror qilishdi. Makron faqat rasmiy kasaba uyushmalarining namoyishlariga ruxsat berilishini aytdi, Lion, Nissa va Monpelye kabi shaharlar esa ommaviy yig‘ilishlarni butunlay taqiqladi. Shunga qaramay, Fransiya bo‘ylab yuzlab norozilik tadbirlari rejalashtirilgan bo‘lib, bu Yevropa davlatidagi chuqur siyosiy va iqtisodiy inqirozni, shuningdek, aholining hukumat siyosatidan o‘ta noroziligini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Source: www.bbc.co.uk