Hindiston Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko'ra, Xitoy qurolli kuchlari belgilangan patrul qoidalaridan chetga chiqib, ikki mamlakat chegarasidagi vaziyatni muntazam ravishda izdan chiqarmoqda. Ushbu bayonot Hindiston chegara qo'shinlari qo'mondoni Arunachal-Pradesh shtatida bir nechta qarama-qarshiliklar kuzatilganini ma'lum qilganidan bir kun o'tib e'lon qilindi.
Tashqi ishlar vazirligi vakili Randhir Jaiswalning so'zlariga ko'ra, tomonlar Amaldagi nazorat chizig'i (LAC) bo'ylab tushunmovchiliklarning oldini olish uchun mavjud diplomatik hamda harbiy mexanizmlardan foydalanishda davom etmoqda. Shuningdek, ikki davlat chegarani boshqarishni yaxshilash maqsadida ayrim hududlarda LAC bo'yicha tushunchalarni muvofiqlashtirishni muhokama qilishga kelishib olgan.
Shu bilan birga, Hindiston rasmiylari chegaradagi tinchlik va osoyishtalik ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun muhim shart ekanini ta'kidlashmoqda. Biroq, ekspertlar va muxolifat vakillari hukumatning harakatlarini tanqid ostiga olib, Xitoy bilan yuzaga kelayotgan tangliklarga qarshi yetarli darajada qat'iy choralar ko'rilmayotganini iddao qilishmoqda.
Source: www.dw.com