Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbariyati bosib olingan G‘arbiy Sohilning Xabron shahrida Isroil rejimi harbiylari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli operatsiyalar va yuzlab oilalarning ko‘chirilishi yuzasidan jiddiy xavotir bildirdi. Dushanba kuni e'lon qilingan bayonotlarda bu harakatlar xalqaro huquq normalariga zid ekanligi ta'kidlandi.

Mazkur keskinlik juma kuni sodir bo'lgan otishmadan so'ng boshlandi. Aytilishicha, to'qnashuv oqibatida ikki nafar isroil harbiysi va ikki nafar falastinlik qurolli shaxs halok bo'lgan, yana uch nafar harbiy yaralangan edi. Shundan so'ng Isroil rejimi bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Xabronda binolarni buzib tashlash va G‘arbiy Sohilda qat'iy cheklovlar joriy etishni buyurdi.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida hududda aholi majburan ko'chirilayotgani va bosimlar ortib borayotganini iddao qildi. Uning so'zlariga ko'ra, vaziyat borgan sari og'irlashib, etnik tozalash xavfi yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Shuningdek, BMTning Inson huquqlari bo'yicha oliy komissari Folker Tyurk isroillik harbiylarning harakatlarini qoralab, minglab falastinliklar majburan ko'chirilgani, uy-joylar va tijorat obyektlari vayron qilinganini bildirdi. U jamoaviy jazo choralarini xalqaro huquqning jiddiy buzilishi deb atadi.

O'z navbatida, Isroil Tashqi ishlar vazirligi BMTning harbiy jinoyatlar haqidagi hisobotini rad etib, uni rejimni obro'sizlantirishga qaratilgan "targ'ibot hujjati" deb atadi. Rejim harbiylari Deyr Baha mahallasida qidiruv va tozalash ishlarini davom ettirayotganini, mahalliy ma'muriyat ma'lumotiga ko'ra esa minglab tinch aholi uylarini tark etishga majbur bo'lganini ma'lum qildi.

Source: www.dw.com