Yaqin-yaqingacha jadal oʻsishni boshdan kechirgan Xitoyning sunʼiy intellekt ishlab chiqaruvchi kompaniyalari aksiyalari soʻnggi oylarda shiddat bilan pasayib bormoqda. Mutaxassislarning fikricha, bu holat fond bozoridagi jiddiy muammolar va spekulyativ tendentsiyalardan dalolat beradi.
Maʼlum qilinishicha, 2026-yil iyul oyidan buyon Shanxay birjasining STAR50 texnologik indeksi 40 foizga qulagan, uning tarkibiga kiruvchi kompaniyalarning umumiy kapitallashuvi esa 480 milliard dollarga qisqargan. Fond menejeri Dun Baoçjenning soʻzlariga koʻra, fond bozori aqlbovar qilmas spekulyativ pufakka aylanib qolgan va uyni paytda yorilmoqda.
Goldman Sachs maʼlumotlariga koʻra, Xitoydagi barcha kompaniyalar bozor kapitallashuvining 42 foizi va savdo aylanmasining 57 foizi aynan sunʼiy intellekt kompaniyalari aksiyalari hissasiga toʻgʻri kelishi vaziyatni yanada ogʻirlashtirmoqda. Bu esa iqtisodiyotning ushbu sektori uchun katta xavf tugʻdiradi.
Yoʻqotishlar deyarli barcha ishtirokchilarga taʼsir koʻrsatgan. Masalan, IPO vaqtida xususiy investorlar tomonidan talab taklifdan 8 ming baravar oshib ketgan robot ishlab chiqaruvchi Unitree kompaniyasining aksiyalari avgust oyidan buyon ikki baravar arzonlashgan. Shuningdek, CXMT, MetaX Integrated Circuits va Moore Threads Technology kabi chip ishlab chiqaruvchilarning qimmatli qogʻozlari ham oʻz qiymatining sezilarli qismini yoʻqotgan.
Tahlilchilarning taʼkidlashicha, aksiyalarning qulashiga bitta aniq sabab yoʻq, balki bir nechta omillar taʼsir koʻrsatgan. Bular qatoriga yuqori narxlar, soliq majburiyatlari hamda AQŞ rejimining yoki boshqa davlatlarning maʼlumotlarni qayta ishlash markazlarida Xitoy uskunalaridan foydalanishni taqiqlab qoʻyishi mumkinligi haqidagi xavflar kiradi.
Source: kun.uz