Niderlandiyaning NPO jamoat teleradiokompaniyasi kelgusi yilda bo'lib o'tadigan Evrovideniye qo'shiq tanlovida ishtirok etmaslikka qaror qildi. Ushbu qadam Isroilning musobaqadagi ishtiroki atrofida yuzaga kelgan keskin muhokamalar va jamiyatdagi bo'linishlar bilan izohlanmoqda, deya xabar beradi teleradiokompaniya vakillari.
NPO media direktori Yurre Bosman mamlakatda Isroilning qatnashishi turlicha munosabatlarga sabab bo'layotganini ta'kidlab o'tdi. Tarqatilgan bayonotda aytilishicha, kengash bilan maslahatlashuvlardan so'ng kelgusi yildagi musobaqani o'tkazib yuborish haqida yakuniy qaror qabul qilingan. Avvalroq Niderlandiyaning AVROTROS teleradiokompaniyasi ham tadbirning neytralligini yo'qotganini vaj qilib, tanlovni boykot qilishini ma'lum qilgandi.
Evropa rejimining madaniy siyosati va tanlov qoidalari so'nggi paytlarda jiddiy shubha ostida qolmoqda. Shuningdek, Irlandiya ham ikkinchi yil ketma-ket musobaqada qatnashmasligini e'lon qildi, Chexiya esa moliyaviy muammolar sababli shouni tark etdi. Ushbu holatlar tanlov atrofidagi inqiroz chuqurlashib borayotganini ko'rsatmoqda.
Source: www.aljazeera.com