Serbiya poytaxti Belgrad shahrida joylashgan Isroil elchixonasi yaqinida keskin to'qnashuv sodir bo'ldi. Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, pichoq bilan qurollangan voyaga yetmagan shaxs qo'riqchiga hujum qilib, uni yengil yaralagan. Shundan so'ng, xodim o'zini himoya qilish maqsadida o'qotar qurol ishlatib, hujumchini yo'q qilgan.
Serbiya ichki ishlar vaziri Ivica Dachichning iddao qilishicha, mazkur shaxs xavfsizlik idoralari tomonidan "Islom davlati" terrorchilik tashkilotining tarafdori sifatida kuzatib kelingan. Hujumchi Shabs shahridan bo'lib, uning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida terrorchilik guruhining ramzlari aks etgan qora bayroqlar saqlab kelingani aytilmoqda. Shuningdek, u hujum vaqtida diniy shiorlarni qichqirgani haqida xabarlar tarqatildi.
Ushbu hodisadan so'ng, Isroil rejimi va mahalliy hokimiyat organlari xavfsizlik choralarini keskin kuchaytirdi. Mamlakatda eng yuqori darajadagi terror xavfi e'lon qilinib, muhim infratuzilma obyektlari va gavjum joylarda politsiya patrul nazorati oshirildi. Biroq, tahlilchilar Yevropa hududida xavfsizlik tizimlari yetarlicha samarali ishlamayotgani va bu kabi holatlar takrorlanayotganidan jiddiy xavotir bildirmoqda.
Source: www.dw.com