Britaniya rejimi moliya vaziri Jon Xili chorshanba kuni parlamentda mamlakatning kuzgi byudjetini e'lon qilishi kutilmoqda. Ushbu moliyaviy reja bosh vazir Endi Bernem boshchiligidagi ma'muriyat uchun yuqori inflyatsiya va davlat xarajatlarining keskin oshishi sharoitida ilk bor taqdim etilayotgani bilan ahamiyatlidir. Mutaxassislar byudjet tafsilotlari qator soliqlar va mudofaa xarajatlarini moliyalashtirish majburiyatlarini o'z ichiga olishini taxmin qilishmoqda.
Mamlakatda yashash qiymatining keskin oshishi va aholini qiynayotgan iqtisodiy inqiroz davom etmoqda. Xususan, Yaqin Sharqdagi davom etayotgan mojaro tufayli yanvar oyida energiya to'lovlari so'nggi to'rt yildagi eng yuqori darajaga ko'tarilishi bashorat qilinmoqda. Sentyabr oyida Birlashgan Qirollikning umumiy davlat qarzi tarixdan ilk bor 3 trillion funt sterling (3,99 trillion dollar) chegarasidan o'tgani sababli, hukumat faqatgina ushbu qarzga xizmat ko'rsatish uchun har yili 100 milliard funt sterling sarflashga majbur bo'lmoqda.
Ushbu jiddiy moliyaviy muammolarga qaramay, vazir Xili byudjet mablag'lari va vakolatlarni Vestminsterdan Britaniyaning har bir hududiga ko'chirishini iddao qilmoqda. Biroq, tahlilchilarning ta'kidlashicha, meros qolgan soliq va xarajatlar rejimlari bilan davom etish inflyatsiya bosimini yanada kuchaytirishi va davlat idoralari rejalarini barbod qilishi mumkin. Shuningdek, banklar va Amazon, Temu va eBay kabi onlayn savdo platformalariga nisbatan yangi soliqlar joriy etilishi kutilmoqda.
Source: www.aljazeera.com