Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

3-noyabrdan e'tiboran AQShga xorijdan uchib kelayotgan barcha yo‘lovchilar, shu jumladan tranzit yo‘nalishlaridan foydalanayotgan shaxslar uchun maxsus sog‘liqni saqlash deklaratsiyasini to‘ldirish majburiy etib belgilandi. Bu haqda AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari (CDC) tomonidan xabar tarqatildi.

Tasdiqlangan yangi tartibga ko‘ra, har bir yo‘lovchi oxirgi 21 kun davomida Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) bo‘lmaganini rasmiy ravishda tasdiqlashi talab etiladi. Vashington rejimi tomonidan o‘rnatilgan ushbu talablarga rioya qilmagan shaxslar samolyotga chiqarilmasligi, kelgusidagi parvozlardan cheklanishi hamda hattoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi ogohlantirildi.

Mazkur cheklovlarning joriy etilishiga sabab sifatida Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Bundibugio virusi ko‘rsatilmoqda. Xalqaro manbalar, xususan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, oktyabr oyi o‘rtalariga qadar mamlakatda minglab yuqtirish va o‘lim holatlari qayd etilgan. Shunga qaramay, mazkur epidemiya fonida kiritilgan yangi majburiyatlar xalqaro qatnovlarga qo‘shimcha to‘siqlar tug‘dirmoqda.

Source: www.gazeta.uz