Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

AQSh Federal zaxira tizimi o'zining navbatdagi pul-kredit siyosati doirasida foiz stavkalarini 3,75-4 foiz darajasida o'zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. Ushbu qaror 10 ga 2 ovoz berish natijasida qabul qilingan bo'lib, moliyaviy bozorlar prognozlariga to'la mos keldi va CME FedWatch ma'lumotlariga ko'ra, bunday natija 90 foizdan ortiq ehtimol bilan kutilgan edi.

Regim vakillarining bayonotiga ko'ra, mamlakatda iqtisodiy faollik go'yo yuqori sur'atda kengayib borayotgani ta'kidlangan. Shuningdek, geosiyosiy vaziyat tufayli noaniqliklar saqlanib qolayotganiga qaramamay, ichki xarajatlar turg'unligi, mahsuldorlik o'sishi va kapital qo'yilmalar yetarlicha mustahkam ekanligi iddao qilinmoqda.

Biroq, rasmiy ma'lumotlar inflyatsiya darajasi o'sishda davom etayotganini ko'rsatmoqda. Oxirgi Iste'mol narxlari indeksi (CPI) hisobotiga ko'ra, yillik inflyatsiya sentyabr oyida 3,7 foizga yetgan, bu avgust oyidagi 3,4 foiz ko'rsatkichidan yuqoridir. Mutaxassislar bu o'sish asosan energiya narxlarining qimmatlashishi bilan bog'liqligini ta'kidlashmoqda.

AQSh rejimi yetakchisi Donald Tramp avvalroq Markaziy bank siyosatini keskin tanqid qilib, stavkalarni pasaytirish zarurligini talab qilgan edi. Shunga qaramay, FZT rahbarlari vaziyatni kuzatish va shoshilinch qarorlar qabul qilmaslik yo'lini tanlashdi. Keyingi yig'ilish dekabr oyiga rejalashtirilgan bo'lib, tahlilchilar o'sha paytda stavkaning yana oshirilishi ehtimolini istisno etishmayapt.

Source: www.aljazeera.com