Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Arxeologlar Möğuliston şimolidagi Duurlig-Nars hududida Xunnu imperiyasining yuqori tabaqasiga tegişli, taxminan 2 ming yillik yer osti maqbarasini qazib oçdi. Maqbara teskari piramida şaklida bölib, çuqurligi qariyb 14,5 metrga yetadi va undan 400 dan ortiq dafn buyumi topilgan. Bu topilma Xunnu zodagonlari dafn anʼanalarini va imperiyaning soñgi davri haqida muhim maʼlumot beradi.

Asosiy faktlar: Maqbara taxminan 2 ming yillik bölib, töqqiz poğonali yer osti inşooti şaklida qazilgan; uning dromos bilan birgalikdagi umumiy uzunligi qariyb 73 metrni taşkil etadi; bu hozirça Möğulistonda aniqlangan eng yirik xunnu maqbarasi hisoblanadi.

Xunnular miloddan avvalgi III asrdan milodiy I asr oxiri - II asrgaça Markaziy va Şarqiy Osiyo daştlarida yaşagan köçmançi qabila ittifoqi bölgan. Ular miloddan avvalgi taxminan 209-yilda birlaşib, Yevrosiyodagi birinçi köçmançilar imperiyasini tuzgan. Gullab-yaşnagan davrida imperiya hozirgi Möğuliston, Janubiy Sibir, Şarqiy Qozoğiston va Xitoyning şimoliy qismini qamrab olgan ulkan hududlarda hukmron kuç bölgan, şuningdek ğarbda Rim imperiyasidan şarqda Xitoy va Koreya yarimoroligaça tortilgan savdo tarmoğıga kirgan.

Koreya Milliy muzeyi bayonotiga tayanib Live Science xabar berişiça, arxeologlar yaqinda Duurlig-Narsda zodagon köçmançiga tegişli ulkan maqbarani qazib oçgan. Maqbara deyarli kvadrat şaklda bölib, unga uzun kiriş yölagi - dromos tutaşgan; bir markaz atrofida joylaşgan töqqizta toş poğona har bir keyingi qadamda kiçrayib, taxminan 14,5 metr çuqurlikka tuşadi. Markaziy qismda ichida tobut bölgan yoğoç dafnxonasi topilgan, ammo u boshqa zodagon maqbaralaridagi dafnxonalardan kiçikroq bölgan.

Xunnular haqida maʼlumotlar asosan qadimgi Xitoy manbalaridan olingan. Şu bois Koreya va Möğuliston arxeologlari tomonidan Duurlig-Narsda tört yildan buyon olib borilayotgan qazişmalar katta ahamiyatga ega: bu yerda Xunnu zodagonlariga tegişli qariyb 300 ta qadimiy qabr-qo'rg'on topilgan. Taxminlarga köra, xunnular milodiy IV asrda Osiyodan Yevropaga kelgan köçmançi xalq - gunnlarning ajdodlari bölgan; gunnlarning Yevropaga kirib kelişi Xalqlarning buyuk köçişiga turtki bergan. Ikkala xalq ham jangovar mahorati va çavandozligi bilan maşhur.

Olimlar maqbaraning nisbatan kiçik dafnxonasini imperiya allaqaçon parçalangani va xunnularning qudrati milodiy I asr oxiri - II asrda pasayib borayotganini körsatuvi sifatida talqin qilmoqda. Qazişmalar davom etishi kutilmoqda va topilmalar Xunnu imperiyasining siyosiy inqirozi, dafn marosimlari va Markaziy Osiyo hamda Şimoliy Osiyodagi köçmançi jamiyatlarining tarixiy rivojlanishini yaqqolroq yoritishi mumkin.

Source: kun.uz