AQSh va Isroil harbiy samolyotlari Eronning 18 ta asosiy aviabazasidan 10 tasini harbiy operatsiya boshlanganidan beri ishdan chiqargan. Bu ma'lumotni Isroil mudofaa tadqiqot markazi Alma e'lon qildi.
Markazning ma'lumotlariga ko'ra, Tehronning Mehrabod aeroportidagi eng yirik aviabaza, shuningdek, Tabriz, Shiraz, Konarak, Isfahon, Kermanshoh va Zahedandagi yirik aviabazalar zarba ostiga olingan. Bu Eronning taktik aviatsiyadan foydalanish imkoniyatlarini sezilarli darajada pasaytirgan.
Zarbalar natijasida qiruvchi samolyotlar, transport samolyotlari, havo hujumidan mudofaa pozitsiyalari, angarlar va omborxonalar yo'q qilingan. Shuningdek, uchish-qo'nish yo'laklari shikastlangan.
Asosiy aviabazalardan tashqari, taktik aviatsiya uchun foydalanilishi mumkin bo'lgan to'qqizta Eron aerodromi ham zarba ostiga olingan.
AQSh va Isroil Eron qarshi harbiy operatsiyani 28-fevraldan boshlab olib bormoqda. Operatsiya davomida mamlakatning oliy rahbari oyatulloh Ali Xomeneiy o'ldirilgan.
Source: kun.uz